2025 yil I çoragida Özbekistondagi eng yirik avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniya – UzAuto Motors'ning umumiy daromadlari 9,7 trln sömni taşkil etdi. Bu – ötgan yilning mos davridagidan (11,7 trln söm) 17 foizga kam.

Hisobot davrida kompaniya sof foydasi 637 mlrd söm bölgan. Bu körsatkiç 2024 yil I çoragiga nisbatan (1,3 trillion söm) ikki baravar qisqargan. Öz navbatida, xarajatlar 1 trln 52 mlrd sömdan 1 trln 87 mlrd sömgaça oşgan.

Içki bozorda sotuvlar qisqardi

2025 yilning yanvar-may oylarida Özbekistonda “işlab çiqaruvçi” deb hisoblanuvçi 7 ta kompaniya jami 135 922 dona avtomobil sotgan. Bu körsatkiç 2024 yilning mos davridagi sotuvlardan (158 474 dona) 22,5 mingtaga kam. Bu qisqariş Chevrolet avtomobillarining savdosi 142 891 donadan 111 830 donaga (qisqariş – 31 061 dona) pasayişi fonida yuz bergan.

Natijada UzAuto Motors'ning Özbekiston bozoridagi uluşi 90,2 foizdan 82,2 foizga tuşgan. Kompaniyaning içki sotuvlari kamayişiga quyidagi omillar ta’sir qilgan bölişi mumkin.

Birinçidan, içki bozorda zaif bölsa-da raqobat va tanlov imkoniyati paydo böla boşladi. Masalan, 2024 va 2025 yillarning dastlabki 5 oyini taqqoslaganda, Kia sotuvi 56 foizga, BYD sotuvi 39 foizga, Cherry sotuvi 14 foizga, Haval sotuvi esa qariyb 4 barobarga oşgan. Ya’ni şartli Tracker olişni reja qilgan iste’molçi oldida Kia Sonet tanlovi ham bor.

"Özavtosanoat" ma’lumotlari asosida Kun.uz diagrammasi

Ikkinçidan, metan narxlarining oşib borayotgani va sovuq kunlarda yuzaga keladigan uzun navbatlar, propan narxining beqarorligi, benzinning qimmatligi fonida ayrim iste’molçilar elektromobil yoki gibrid maşina xarid qilişni afzal köryapti. Jumladan, BYD Song Plus Champion, BYD Chazor, BYD Yuan Up kabi zamonaviy maşinalarning sotuvi oşib boryapti.