Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş va tirbandlikni kamaytiriş böyiça videoselektorda qayerda hokim va YHXX birgalikda yöl infratuzilmasi bilan jiddiy şuğullansa, öşa yerda özgariş kuzatilayotgani qayd etildi.
Misol uçun, Çustdan ötgan D-105 Farğona halqa yölining 6 kilometriga muhofaza tösiqlari örnatilgani uçun bu yil ölim bilan boğliq avariya bölmadi (ilgari bu yölda yiliga 10 nafar odam vafot etardi).
Prezident topşiriğiga köra, xalqaro va davlat ahamiyatidagi yöllar holati örganildi.
1 ming 557 kilometr yöllarda beton va temir tösiqlar, 967 kilometr trotuar, 38 mingta yöl belgisi yetişmasligi aniqlandi.
Şu munosabat bilan prezident yöl infratuzilmasini yaxşilaş orqali avariyalarni kamaytiriş böyiça «Xavfsiz yöl» milliy dasturi boşlanişini e’lon qildi.
«Xavfsiz yöl» milliy dasturi doirasida «Xavfsiz yöl va xavfsiz piyoda» respublika jamğarmasi faoliyati qayta taşkil qilinib, hukumat böysunuviga ötkaziladi.
Har bir viloyatda jamğarmaning alohida filiallari böladi.
Bu yil jamğarmaga barça manbalar hisobidan 400 milliard söm tuşişi prognoz qilingan.
Bunga qöşimça, foto-video radardan budjetga tuşadigan jarimaning 25 foizi ham jamğarma va uning filiallariga yönaltiriladi.
YHXX tizimidagi yöl belgilari va svetofor örnatiş, yöl çiziqlarini çizişga mas’ul korxonalar ham viloyatga ötkaziladi.
Jamğarma faoliyati şaffof bölişi, unga viloyat YHXB va yöl boşqarmasi boşliqlari, jamoatçilik vakillari kirişi qayd etilgan.
Bundan buyon uşbu jamğarma mablağlari birinçi galda avariya öçoqlari bölgan xavfli uçastkalarni tartibga solişga yönaltiriladi (yölni ajratuvçi tösiqlar, yöl belgilari, yoritgiçlar örnatiş, piyoda yölaklari taşkil qiliş, çorrahalarni raqamlaştiriş).
Eng muammoli uçastkalarni aholi va jamoatçilik fikrini örganiş asosida aniqlaş maqsadida alohida elektron portalni işga tuşiriş topşirildi.
Tuman hokimlari, içki işlar rahbarlari uşbu portalga qayerga belgi, çiziq, piyoda yölagi va svetofor kerakligi haqidagi ma’lumotni smeta bilan oçiq joylaştiradi.













