Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş, infratuzilmasini yaxşilaş va tirbandliklarni kamaytiriş çora-tadbirlari yuzasidan yiğiliş ötkazildi.

Unda davlat rahbari ayrim vazirlik va idoralar, hokimliklarning ma’muriy binosi joylaşgan köçalar yopib qöyilganidan, şusiz ham tirband köçalarda ularning xodimlari yölning 2-3 qatorini «parkovka» qilib olganidan aholi norozi ekaniga e’tibor qaratdi.

Prezident topşiriğiga köra, 15 ming haydovçi örtasida sörov ötkazildi. Poytaxtda ham, yirik şaharlarda ham qonuniy «parkovkalar» yetişmagani uçun ular maşinasini yöl böyiga qöyişga majburligini bildirgan.

«Umuman, oddiy haydovçilar dardini eşitadigan odam, muloqot platformasi yöq», dedi prezident.

Mutasaddilarga barça taşkilot va mahallalardagi asossiz qöyilgan taqiqlovçi belgilarni olib taşlaş topşirildi. Vazirlik va idoralar xodimlari aholiga noqulaylik yaratib, «parkovka» qilib olgan hududlarda foto va video kameralar örnatib, jazo muqarrarligini ta’minlaş vazifasi qöyildi.

Davlat xizmatçilari jamoat transportida yuriş böyiça namuna bölişi kerakligi qayd etildi. Endi hukumat qarori bilan tasdiqlangan röyxatdan taşqari rahbarlarning xizmat maşinasiga yöllarda ustunlik berilmasligi belgilandi.