Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 15 dekabr kuni mas’ul rahbarlar bilan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilişni ta’minlaş, ularga nisbatan zöravonlikka qarşi kuraşiş, erta homiladorlik sabablari va ularning oldini oliş çoralari kabi dolzarb masalalarni muhokama qildi.
«Biz oilaviy zöravonlikka qarşi qonun qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinçi davlatmiz. Bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uçun javobgarlikni ham kuçaytirdik. Ammo bu bilan çeklanib qolmaslik kerak. Zöravonlik holatlariga qarşi tezkor çora körişning samarali tizimini işlab çiqiş zarur.

Köpinça haqiqiy ahvol közga körinmaydi, köp narsa yaşiriladi. Biz hali ham statistikani oşkor qilişdan, ta’na-malomatga qolişdan, obröyimiz tökilişidan qörqamiz, tanqidni qabul qilolmaymiz. Barça mas’ul rahbarlarni bugungi suhbatdan tegişli xulosa çiqarişga çaqiraman. Zöravonlikning har qanday körinişiga qarşi murosasiz kuraş, ayollar va bolalarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qiliş quruq gapda emas, amalda namoyon bölişi kerak. Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq», deb yozdi Saida Mirziyoyeva bu haqda.



















