Hindistonda haq tölanmaydigan uy mehnatini tan olişga qaratilgan dunyodagi eng yirik ijtimoiy sinovlardan biri amalga oşirilmoqda. Mamlakatning bir qator ştatlarida rasmiy iş joyiga ega bölmagan va uy xöjaligini yuritiş, bolalar va keksa qarindoşlarni parvariş qiliş bilan şuğullanadigan uy bekalariga hukumat tomonidan muntazam ravişda pul nafaqalari tölanadigan böldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Gap Hindistonning kamida 12 ştatida amal qiladigan pul ötkazmalari dasturi haqida ketmoqda. Hisob-kitoblarga köra, uning egalari 118 millionga yaqin ayol bölib, taşabbus aholini qamrab oliş böyiça dunyodagi eng yirik loyihalardan biridir. Tölovlar ayollar nomiga oçilgan bank hisob raqamlariga ötkaziladi va bandlikni tasdiqlaş yoki xarajatlar töğrisida hisobot talab qilinmaydi.

Oylik tölovlar miqdori 1000 dan 2500 hind rupiyasigaça (taxminan 12 dan 30 AQŞ dollarigaça) özgarib turadi. Kiçik hajmda bölişiga qaramay, millionlab oilalar uçun, ayniqsa, qişloq joylarda va aholining kam ta’minlangan qatlamlari orasida bu mablağlar muhim ahamiyatga ega.

Iqtisodçilar va sotsiologlarning sözlariga köra, bunday dasturlarning maqsadi nafaqat moliyaviy qöllab-quvvatlaş, balki an’anaviy ravişda ayollar tomonidan bajariladigan va şu bilan birga YaIM va rasmiy iqtisodiy statistikada hisobga olinmaydigan uy mehnatini ramziy ravişda tan olişdir. Xalqaro taşkilotlarning ma’lumotlariga köra, uyda va oila a’zolarini parvariş qiliş böyiça haq tölanmaydigan işlar ayollarning köp vaqtini oladi va ularning iqtisodiy imkoniyatlarini sezilarli darajada çeklaydi.

Dasturning köplab iştirokçilari birinçi marta öz puliga ega bölgani va uni mustaqil ravişda boşqarişi mumkinligini aytmoqda. Bu, mutaxassislarning fikriça, ularning öziga bölgan işonçini oşiradi, oiladagi ta’sirini kuçaytiradi va eriga yoki boşqa qarindoşlariga moliyaviy qaramlikni kamaytiradi.

Şu bilan birga, taşabbus faol bahs-munozaralarga ham sabab bölyapti. Tanqidçilarning fikriça, bunday tölovlar gender rollarining an’anaviy taqsimotini mustahkamlaşi, ayollarni mehnat bozoriga çiqiş örniga uyda qolişga undaşi mumkin. Dasturlar siyosatçilar tomonidan saylovoldi maqsadlarida, ayniqsa, kambağallik darajasi yuqori bölgan hududlarda qöllanilmoqda, degan xavotirlar ham mavjud.

Hokimiyat vakillarining ta’kidlaşiça, gap qonuniy ma’noda töliq «uy xöjaligi maoşini» joriy etiş haqida ketmayapti. Rasmiy ravişda tölovlar mehnatga haq tölaş emas, balki ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari sifatida tasniflanadi. Şunga qaramay, jamoatçilik va ommaviy axborot vositalarida «uy mehnatiga haq tölaş» iborasi tobora köproq yangramoqda, çunki dasturlar bunday mehnatning qadr-qimmatini tan oliş bilan bevosita boğliq.