Ispaniya şimoli va Fransiya janubida kuçli örmon yonğinlari sodir böldi. Şu sababli Fransiyaning Marselidagi aeroport 8 iyul, seşanba kuni yopildi. Yonğinni öçiriş uçun 800 nafar öt öçiruvçi va samolyotlar iştirokida ötkazilgan keng kölamli operatsiya tufayli yonğin nazorat ostiga olindi, dedi Fransiya içki işlar vaziri Bryuno Retayo.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Marselda qurbonlar bölmagan, 110 kişi yengil jarohatlangan, jumladan, 30 ga yaqin öt öçiruvçi va politsiyaçi. Yonğin 700 gektar maydonni qamrab olgan va 63 ta turar joy binosiga zarar yetkazgan, ulardan 10 tasi butunlay yonib ketgan. 400 kişi evakuatsiya qilindi. Ma’lum qilinişiça, öt öçiruvçilar tun böyi yonğinni öçirgan.

Ispaniyaning köp qismi örmon yonğinlariga reaksiya bildiriş uçun şay holatga keltirildi. Mamlakatda meteorologik kuzatuvlar boşlanganidan beri eng issiq iyun oyi qayd etildi. Vaziyat ayniqsa Kataloniya mintaqasida jiddiy, u erda örmon yonğinlari uç ming gektar maydondagi ösimliklarni yöq qildi. Yonğinni öçirişga 300 dan ortiq öt öçiruvçi va harbiylar jalb qilingan, biroq operatsiyaga kuçli şamol tösqinlik qilyapti. Kataloniyaning Tarragona munitsipalitetida yonğin xavfi tufayli rasmiylar 18 ming kişini uyini tark etmaslikka çaqirdi.

Yevropa örmon yonğinlari axborot tizimi (Effis) ma’lumotlariga köra, Ispaniya 2022 yilda Yevropadagi örmon yonğinlaridan eng köp zarar körgan davlat böldi. Öşa yili 500 ta yonğin 300 ming gektardan ortiq maydondagi ösimliklarni yoqib yubordi. 2025 yilda Ispaniyada 21 ming gektarga yaqin maydon yöq qilingan.