Özbekistonda 2024 yil davomida 9 ming 364 ta yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş va tirbandlikni kamaytiriş böyiça videoselektor yiğilişida ma’lum qilindi.

Uşbu mudhiş hodisalarda qariyb 9 ming fuqaro jarohat olgan.

Avariyalar tufayli 2 ming 203 nafar odam halok bölgan. Eng köp ölim holatlari Samarqand, Toşkent va Farğona viloyatlarida qayd etilgan.

Davlat rahbari sohada öz yeçimini kutayotgan masalalar köpligini ta’kidladi.

Joriy yilning olti oyida 20 ta hududda avariyalar soni yuqoriligiça qolmoqda.

Oğir oqibatli avariyalar keskin kamaygan tumanlar köp. Möynoq, Nukus, Taxtaköpir, Qonliköl, Yangiobod, Töraqörğon, Oqqörğon, Sayxunobod, Buloqboşi, Uluğnor, Bandixon tumanlari va Ohangaron, Şirin, Nurafşon, Xonobod şaharlarida vaziyat yaxşilanib, birorta ölim bölmadi.

Lekin Qiziltepa, Uyçi, Paxtaçi, Çust, Toyloq, Urgut, Şovot, Pastdarğom, Yakkaboğ, Qöşköpir, Xonqa, Denov, Peşku, Beruniy, Olmazor, Bektemir tumanlarida teskari vaziyat.

Soha uçun mas’ullarga bizda har 100 ming aholiga ölim bilan boğliq avariyalar soni Hamdöstlik davlatlari içida eng pastligi xotirjamlikka beriliş uçun sabab emasligi körsatib ötildi.

«Afsuski, har törtinçi avariyada 1 kişi yoki kuniga örtaça 6 kişi vafot etayotgani barçani qattiq taşvişga solişi kerak», – dedi prezident.