Prezident Şavkat Mirziyoyev 9 iyul kuni yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş borasida ötkazilgan yiğilişda poytaxtdagi tirbandlik masalasiga töxtalib, özi ham şu muammoga duç kelgani haqida gapirdi.
Davlat rahbari mehmon ham, xalq ham yölga qarab mamlakat iqtisodiyotiga baho berişini aytdi.
«Ötgan şanba-yakşanba kuni özim rulda yurib keldim. U yöllarda rulda kimligini heç kim bilmaydi, men ham 15–20 daqiqa tirbandlikda turdim, turgandayam yaxşilab turdim. Toşpölatov (içki işlar vaziriga qarata), töğrimi? Rulda menligimni heç kim bilmasdi, hamma bilan turdim, nima qilaman? Köçaga çiqib, ey, yölni oçib ber, deb baqirmayman-ku? El qatori keldik», – dedi prezident.
Davlat rahbari odamlar şunday muammo tufayli uyga juda keç qaytayotgani va bu kayfiyatiga ta’sir körsatayotgani haqida gapirdi.
«El qatori maşina bilan turdim. Ötib bölganimdan keyin vazirga telefon qildim. Sen özing kelib ötgin qani. Odamlar keçasi uyiga qaytib kelyapti, kayfiyati yomon tomonga özgaradimi yo özgarmaydimi? Bitta masala, törtta tasmali yöl bilan köprikka kelib, u ikki tasmali bölyapti. Albatta, u şunday böladi-da. Buni qilsa böladimi, yöqmi? Bemalol, qilsa böladi», – dedi Şavkat Mirziyoyev.












