Oq uyning kadrlar böyiça direktori 38 yoşli Serxio Gor Özbekistonda tuğilgani ma’lum böldi. Bu haqda Times of Malta va OCCRP xabar berdi.
Gor özining qayerda tuğilganini oşkor etmagan. Amaldorga bağişlangan The Washington Post’dagi maqolada u maltalik immigrant ekani haqida söz boradi. The New York Post ham iyun oyidagi maqolasida Donald Tramp ma’muriyati xodimi maltalik ekani töğrisida yozgan. Unda, şuningdek, Gor maxfiy ma’lumotlardan foydalaniş uçun ruxsat olişda özining biografiyasiga oid hujjatlarni topşirmagani qayd etilgan.
Amaldor gazetaga qayerda tuğilganini aytişdan boş tortib, «faqat Rossiyada emasligini» bildirgan. Gorning tanişlari The Dispatç’ga bergan ma’lumotlarga köra, u SSSR hududida dunyoga kelgan. Ammo şu vaqtgaça buni isbotlovçi boşqa dalillar yöq edi.
Times of Malta va OCCRP’ning aniqlaşiça, Oq uyning kadrlar böyiça direktori Serxio Goroxovskiy 1986 yil 30 noyabrda Toşkentda tuğilgan. Bunga oid ma’lumotlar Gorning Maltadagi köçmas mulkiga oid hujjatlarda keltirilgan — jurnalistlar uşbu hujjatlarni qölga kiritgan. Amaldorning advokati Robert Garson ham öz mijozi Toşkentda tuğilganini tasdiqlagan.
Suriştiruv ma’lumotlariga köra, Gor bolaligida kamida 5 yil Maltada yaşagan. Xususan, 1996 yildan 1999 yilga qadar u Vittorioza şahridagi öğil bolalar uçun möljallangan katoliklar maktabida öqigan. Keyinroq (aynan qaçon ekaniga aniqlik kiritilmagan) Gorning oilasi AQŞga köçib kelgan va u mamlakat fuqaroligini olgan.
Jurnalistlarning aniqlaşiça, Gor Tramp ma’muriyatida iş boşlagunga qadar ikki marta Rossiyaga taşrif buyurgan. 2017 yilda u Vaşingtondan Moskvaga uçgan, Rossiya poytaxtida bir kun ötkazgan, ertasi kuni esa Rimga uçib ketgan. 2018 yilda, respublikaçi senator Rend Pol bilan işlagan Gor Amerika libertarian tahliliy markazi — Katon insituti moliyalaştirgan tadbir doirasida Moskvaga borgan. Mazkur taşrif «Rossiya va AQŞ bilan boğliq masalalarni örganiş, muhokama qiliş va tahlil qiliş böyiça faktlarni aniqlaş safari» deb atalgan.
Gorning advokati uning Moskvaga taşrifini amaldor — «aşaddiy sayohatçi» ekani bilan tuşuntirgan. Gorning 2017 yil Rossiya poytaxtiga taşrifini esa u «tranzit reys» deb atagan.
Axios naşri Serxio Gorni Trampning Oq uydagi eng kuçli ta’sir doiraga ega maslahatçilaridan biri deya ta’riflagan. Gor Trampning öğli bilan birgalikda Winning Team Publishing naşriyotiga asos solgan. 2020 yilda Gor Trampning saylovoldi kampaniyasida mablağlarning yiğilişiga mas’ul bölgan, 2024 yilda esa siyosiy harakatlar qömitasini tuzgan — u AQŞning amaldagi prezidenti kampaniyasi uçun qariyb 72 million dollar sarflagan. Oq uyda lavozimga ega bölgaç, Gor Tramp ma’muriyati xodimlarini sodiqlik tekşiruvidan ötkazgan.












