Keça, 9 iyul kuni soat 18:57 da Toşkent şahar, Yaşnobod tumani, Maxtumquli köçasida joylaşgan yangi qurilayotgan binoning 1-qavatida yonğin sodir bölgani töğrisida FVBga xabar tuşgan.
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda texnopark hududida yonğin sodir bölayotgani töğrisida xabarlar tarqalgan. Aslida yonğin texnopark hududida sodir bölmagan.
Şunga köra, 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 19:07 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 19:16 da öçirilgan.
Yonğin natijasida binoning içki qismida 20 kv m maydonda örin körpalari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq. Yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari çiqqan.

















