Şarof Raşidov tumani hokimi Mahmud Xolbötayev 10 ming dollar pora olayotganda qölga olinib, jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumani hokimligining boş mutaxassisi quriliş sohasida faoliyat yurituvçi MÇJ rahbariga tuman hududidan köp qavatli uy-joy quriş uçun yer maydoni ajratib berişni va’da qiladi va evaziga 30 ming AQŞ dollari talab qiladi. 

Joriy yilning 5 iyul kuni boş mutaxassis söralgan pul mablağidan 10 ming AQŞ dollarini olib, tuman hokimiga beradi. 8 iyul kuni esa tadbirkordan qolgan 20 ming AQŞ dollarini ham oladi. Unga tuman hokimining tegişli qarori bilan «Tokçilik» MFY hududida umumiy örta ta’lim maktab binosini barpo etiş uçun ajratilgan 1,7 gektar yer maydonida 8 ta köp qavatli uy qurilişiga ruxsat berilgan hujjatlarni taqdim etadi.

Söngra, boş mutaxassis hokimiyat binosi oldida tuman hokimiga 10 ming AQŞ dollarini bergan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.

Hozirda Şarof Raşidov tumani hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan, boş mutaxassisga esa Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi.

Eslatib ötamiz, Mahmud Parsamatoviç Xolbötayev muqaddam Mirzaçöl tumani hokimi va Jizzax viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari (2010-2011 va 2018-2019 yillarda) bölib işlagan, 2019 yil 26 oktyabridan Şarof Raşidov tumani hokimi vazifasida işlab kelayotgan edi.

U Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan «Döstlik» ordeni bilan ham taqdirlangan.