Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev AQŞ prezidenti Donald Trampga Qozoğiston tovarlari importiga boj joriy etilişi munosabati bilan javob maktubi yölladi, deb xabar berdi Oqörda.

«Davlat rahbari Qozoğiston Amerika Qöşma Ştatlarining uzoq yillik savdo va sarmoyaviy şerigi sifatida adolatli, başorat qilinadigan, özaro manfaatli savdo munosabatlarini rivojlantiriş tarafdori ekanini ta’kidladi», deyiladi xabarda.

Qozoğiston prezidenti mamlakat savdo masalalarining oqilona yeçimini işlab çiqiş maqsadida konstruktiv muloqotni davom ettirişga tayyorligini tasdiqlagan. Şuningdek, Töqayev savdo masalasida ikki davlat murosaga erişişiga işonç bildirgan.

7 iyul kuni AQŞ prezidenti bir qator davlatlar rahbarlariga 1 avgustdan yangi bojlar joriy etilişi haqida maktub yubordi. Maktub olganlar orasida Qosim-Jömart Töqayev ham bor. Tramp unga yöllagan maktubda Qozoğiston tovarlariga 25 foizlik qöşimça bojlar joriy etilişi haqida söz boradi.

Qozoğiston Savdo vazirligi vakillari Oq uyga aniq takliflar yuborganini ma’lum qildi. Vazirlikka köra, 25 foizlik bojlar Qozoğistonning Qöşma Ştatlarga eksportining 95 foiziga ta’sir qilmaydi. Jumladan, bojlar neft, uran, kumuş, ferroqotişmalar, tantal va titanga taalluqli emas.