Toşkent viloyatida Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Kiçik Çimyon toğida sodir bölgan yonğin töğrisida ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, bugun 10 iyul kuni soat 19:32 da Toşkent viloyati FVBga Böstonliq tumani «Burçimulla» örmon xöjaligiga qaraşli Kiçik Çimyon toğida quruq öt va şox-şabbalar yonayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Xabarga asosan, yonğin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan va olov öçirilgan.
Yonğin oqibatida dam oliş maskanlari va aholi yaşaş xonadonlariga zarar yetmagan.
«Hozirda yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda. Holat oqibatida tan jarohati olganlar yöq», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Böstonliqdagi adirlikda yonğin çiqqani, uni qurşab olişga salkam 2 soat vaqt ketgani töğrisida xabar berilgandi.












