Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlari orasidagi Taxtaqoraça dovonida pulli tunnel quriladi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov parlament yiğilişida ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, tunnel uzunligi 7 kilometr böladi va quriliş davlat-xususiy şerikçiligi asosida amalga oşiriladi.

«Tunnel qurişga talabgorlarda texnik-iqtisodiy asoslarini taqdim qiliş masalasi qoldi. Avgust oyida uçta talabgordan biri ğolib deb topiladi va u bilan tunnel quriş işlari boşlanadi. Mukammal işlab çiqilayotgan loyihaviy işlarni bu yil bitkazib, talabgorni aniqlab, u bilan şartnoma tuzamiz», dedi vazir.

Taxtaqoraçada tunnel quriş böyiça prezident Şavkat Mirziyoyev 2019 yilda topşiriq bergan edi. 2023 yil iyuldagi yiğilişda u loyiha hamon yöqligini tanqid qildi. Şu yil oktyabr oyida Qaşqadaryo viloyatidagi yiğilişda tunnel quriş işlarini tezlaştiriş böyiça topşiriq berdi.