Germaniya Rossiya Federatsiyasining havo hujumlari kuçayişi va Kiyevning bir neça bor iltimosiga qaramay, Ukrainaga nemis-şved TAURUS qanotli raketalarini yetkazib bermaydi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 13 iyul, yakşanba kuni çop etilgan Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytib ötdi.

Avvalroq Germaniya kansleri Fridrix Mers Kiyevga TAURUS qanotli raketalarini yetkazib beriş ğoyasiga oçiq ekanini bir neça bor işora qilgan edi. Öz navbatida, Moskva bunday harakatni Germaniyaning uruşga kirişi deb hisoblaşi haqida bir neça bor ogohlantirgan va faqat nemis armiyasi uşbu qurol tizimini boşqarişi mumkinligini ta’kidlagan.

Mers 1 iyul kuni Maischberger dasturi mehmoni bölganida, agar Ukrainaga TAURUS raketalari yetkazib berilsa, ularni nemis emas, balki Ukraina harbiylari boşqaradi, dedi.

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 14 iyul kuni Vaşingtonda AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset bilan uçraşişi kutilmoqda. Nemis siyosatçisi FT telekanaliga bergan intervyusida tuşuntirganidek, bu uçraşuvda u Amerikaning Yevropaga harbiy yordami böyiça «yöl xaritasi»ni muhokama qilmoqçi.

Naşrga köra, suhbatning yana bir mavzusi Ukraina va Patriot havo mudofaa tizimlari masalasi bölişi kerak. Berlin allaqaçon uşbu turdagi ön ikkita ZRKdan uçtasini Kiyevga topşirgan. Endi Germaniyada atigi oltita Patriot kompleksi qoldi, dedi Pistorus intervyuda. Ikki tizim foydalaniş uçun Polşaga ötkazildi, yana bir tizim esa doimiy ta’mirdan ötayotgani yoki maşğulotlarga jalb qilingani uçun mavjud emas, dedi nemis vaziri. «Bu haqiqatan ham juda kam, ayniqsa NATO maqsadlariga erişişda», deb şikoyat qildi Boris Pistorius.