Prezident administratsiyasidagi özgarişlar doirasida Alişer Saidabbasoviç Sultonov prezidentning energetika xavfsizligi masalalari böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etildi.

U endi prezidentning energetik xavfsizlik böyiça vakili hisoblanadi (bu prezident maslahatçisi örinbosariga teng lavozim). 

Alişer Sultonov 2015-2018 yillarda «Özbekneftgaz»ga rahbarlik qilgan, 2017 yil noyabridan Boş vazir örinbosari — Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimida faoliyat körsatgan.

2019 yilda energetika vaziri bölgan, 2022 yil aprelida salomatligi lavozimidan ozod etilgandi. 2023 yil mayida u prezidentning neft-gaz, kimyo va energetika masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida işlayotgani ma’lum bölgandi.

Şuningdek, prezidentning tegişli farmoni bilan:

Erkin Töraquloviç Yöldoşev PA Komplayens xizmati boşliği lavozimiga tayinlandi.

Erkin Yöldoşev

U muqaddam boş prokuror örinbosari bölgan, 2023 yil yanvaridan buyon Toşkent şahri prokurori lavozimida işlayotgandi.

Odil Qalandaroviç Abdurahmonov prezidentning sport böyiça vakili lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan PA Ijtimoiy rivojlaniş departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.

Odil Qalandarov 2019-2022 yillarda prezident maslahatçisi örinbosari bölib işlagan, keyinroq ijtimoiy masalalar böyiça maslahatçiga aylangan, 2024 yilda Ijtimoiy rivojlaniş departamentiga rahbar bölgandi. 

Azizbek Allabergenoviç Urunov prezidentning Jahon savdo taşkiloti böyiça vakili lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan prezidentning Jahon savdo taşkiloti masalalari böyiça maxsus vakili lavozimidan ozod etildi.