Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hokim örinbosari, statistika va pensiya jamğarmasi bölimlari rahbarlarining qilmişlari foş etildi.

Xususan, Andijon viloyatining Xonobod şahar hokimi örinbosari va spirtli içimliklar savdosi bilan şuğullanuvçi MÇJning muqaddam sudlangan rahbari 20 ming dollar olgan vaqtida uşlandi.

Aniqlanişiça, ular özaro til biriktirib, mahalliy tadbirkorga matras, profnastil va bolalar tagliklari işlab çiqariş korxonasini taşkil etişi uçun hokimlik zaxirasida bölgan 4 gektar yer maydonini alohida lot sifatida auksion savdoga qöydirib, 2 milliard sömga yutib, uning nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan.

Şuningdek, Andijon tumani hokimining sobiq örinbosari, Andijon şahar statistika bölimi boşliği va 2 nafar şaxs özaro til biriktirib, kelgusida bolalar mahsulotlari işlab çiqariş uçun zavod qurmoqçi bölgan tadbirkorga «Ipak yöli» erkin iqtisodiy zonasi hududidan 6 gektar yer maydonini auksion savdo orqali olib beriş evaziga 600 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 150 ming dollar olgan vaqtlarida uşlangan.

Mazkur noqonuniy işga Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasining Andijon viloyati boşqarmasi boşliğining sobiq birinçi örinbosari, hozirda xususiy bandlik agentligi boşliği bölib işlab kelayotgan fuqaroning ham aloqadorligi aniqlanib, u uşbu masalada tadbirkorga yordam beriş evaziga muqaddam 11 ming AQŞ dollari olgani ma’lum bölgan.

Toşkent viloyatida qayd etilgan holatda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasining Ohangaron tuman bölimi boşliği mahalliy fuqaroning yöqolgan mehnat daftarçasini tiklab, uni yoşga doir pensiyaga çiqarib beriş evaziga 1500 AQŞ dollarini pora sifatida olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga çek qöyilgan.

Hozirda barça holatlar yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.