Toşkent şahri prokurori Erkin Yöldoşev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Kun.uz’ning prokuratura organlaridagi manbasi buni tasdiqladi.

Avvalroq Erkin Yöldoşev davlat rahbarining farmoni bilan Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boşliği lavozimiga tayinlangani töğrisida xabar berilgandi.

Erkin Yöldoşev 2023 yil yanvardan beri poytaxt prokurori lavozimida işlab kelayotgan edi. U muqaddam Toşkent prokuraturasida işlagan, 2017 yil aprelida boş prokuror örinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Erkin Yöldoşev 2023 yil 14 yanvar kuni prezident farmoni bilan «III darajali davlat adliya maslahatçisi» maxsus unvoni (general-mayor unvoniga teng) olgan edi.