Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy boş vazir Denis Şmixalga mamlakat Mudofaa vazirligiga rahbarlikni taklif qildi. Bu haqda u 14 iyul, duşanba kuni keçqurun özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
«Denis Şmixalning katta tajribasi Ukraina mudofaa vaziri sifatida albatta qöl keladi – aynan şu sohada hozirda mamlakatda maksimal resurslar, maksimal vazifalar va katta mas’uliyat bor», — deya izoh berdi Zelenskiy hukumatdagi rejalaştirilgan özgarişlar haqida.
U Oliy rada «Ukraina hukumatining yangi konfiguratsiyasi»ni qöllab-quvvatlaşiga umid bildirdi va şuningdek, vazirlar mahkamasi «nima işlayotgani va nimani qayta körib çiqiş yoki faollaştiriş kerakligini» aniqlaş uçun Kiyev hamkorlari bilan «barça kelişuvlar auditini» tezda ötkazişi kerakligini qöşimça qildi.
Rustem Umerov hozirda Ukraina Mudofaa vazirligini boşqaradi. 10 iyul kuni Volodimir Zelenskiy matbuot anjumanida u mamlakatning AQŞdagi elçisi etib tayinlanişi mumkinligini aytdi.
Şu kuni Volodimir Zelenskiy mamlakat boş vaziri birinçi örinbosari va iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenkoga Ukraina boş vaziri lavozimini taklif qilganini xabar bergandi. «Men Yuliya Sviridenkoga Ukraina hukumatini boşqarişni va uning faoliyatini sezilarli darajada yangilaşni taklif qildim. Yangi hukumatning harakat rejasi yaqin orada taqdim etilişini kutaman», deb yozgan Zelenskiy. U buni «Ukrainadagi ijro hokimiyat tizimini özgartiriş» sari qadam deb atadi.












