Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov 15 iyul kuni Tyanjin şahrida Xitoy raisi Si Jinping bilan uçraşdi.
«Uçraşuvimiz davomida hamkasblarim bilan birgalikda savdo, transport aloqalari va madaniy almaşinuvlarni öz içiga olgan barça sohalarda hamkorlikni çuqurlaştiriş yöllarini muhokama qildik», deb yozdi vazir ijtimoiy tarmoqda.

Saidovning ta’kidlaşiça, uçraşuvda tomonlar ŞHT doirasida hamkorlikni mustahkamlaş, umumiy farovonlikni ta’minlaş, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga kömaklaşiş borasida birgalikda harakat qilişni yana bir bor tasdiqlagan.











