Korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida DXX va Boş prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida içki işlar organlari tizimida qonunbuziliş holati aniqlandi.
Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Mirobod tumani içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasining bölinma boşliği, podpolkovnik harbiy unvonida bölgan U.S. Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan fuqaroga nisbatan qöllangan qamoq ehtiyot çorasini garov ehtiyot çorasiga özgartirib berişni va’da qilib, muqaddam ayblanuvçining qarindoşidan 18 ming AQŞ dollari oladi.
Ammo, u bergan va’dasining uddasidan çiqa olmagaç, uşbu mablağning bir qismini qaytarayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda mazkur mansabdor şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.













