Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi poytaxtning Olmazor tumanida köp qavatli uy quriş va’dasi bilan fuqarolarni çuv tuşirgan MÇJ işi böyiça ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh fuqarolar uy sotib oliş maqsadida tölov qilib, aldangani haqida xabarlar tarqaldi.

Qayd etilişiça, Toşkent şahri Olmazor tumanidagi Çiltöğon mahallasi «Usta Olim» 2-berk köçasida joylaşgan quriliş işlari Strong Cities MÇJ tomonidan amalga oşirilgan. Biroq uşbu obekt böyiça qonunçilikda belgilangan tartibda zarur ruxsatnoma va hujjatlar olinmagan.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200-sonli qarori talablariga köra:

  • qurilişga ruxsatnoma olinmagan;
  • arxitektura-rejalaştiriş topşiriği işlab çiqilmagan;
  • loyiha-smeta hujjatlari Toşkent şahar Quriliş boşqarmasi bilan kelişilmagan.

Toşkent şahar Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan ötkazilgan tekşiruvda, obektda faqat yer uçun kadastr hujjatlari mavjudligi, quriliş va montaj işlarini amalga oşiriş uçun esa zarur hujjatlar yöqligi aniqlangan.

Natijada, belgilangan tartibda ogohlantiriş xati yuborilib, quriliş va montaj işlari töxtatilgan.

Şuningdek, obekt seysmik xavfsizlik talablariga javob bermagani bois, quruvçi taşkilot tomonidan öz ixtiyori asosida obektda demontaj işlari amalga oşirilgan.

Şu bilan birga, loyiha-smeta va boşqa tegişli texnik hujjatlar qayta körib çiqilib, töliq rasmiylaştirilgan holda quriliş işlarini belgilangan tartibda davom ettirilişi quruvçi taşkilot vakillari tomonidan ta’kidlangan.

«Fuqarolardan uy-joy xarid qilişda obektning barça huquqiy hujjatlari va ruxsatnomalari mavjudligini sinçiklab tekşiriş tavsiya etiladi», - deyiladi vazirlik munosabatida.

Toşkent şahar IIBBning ma’lum qilişiça, fuqaro T.Nodir va boşqalar 2021 yilning 11 avgust kuni Strong Cities MÇJni taşkil etib, tegişli me’yoriy hujjatlarni rasmiylaştirmasdan va hududiy nazorat qiliş inspeksiyasidan röyxatdan ötmasdan, köp qavatli uyni qurişni va uşbu uydagi xonadonlarni sotişni va’da qilgan.