Muzokaralar çoğida Özbekiston va Bahrayn örtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va boşqa sohalardagi hamkorlik aloqalarini yanada jadallaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Bahrayn TIV rahbari Özbekiston hukumati tomonidan Bahrayn fuqarolarining mamlakatda sayohat qilişlari uçun 30 kunlik vizasiz tartib joriy qilinganini olqişladi.

Bu ikki mamlakat örtasida turistlar oqimini köpaytiriş, xalqaro turistik yarmarka va körgazmalarda özaro iştirok etiş, turkompaniyalar örtasida töğridan töğri aloqalarni rivojlantirişga xizmat qilişi ta’kidlandi. 

Şuningdek, Bahraynning yetakçi banklari, moliya institutlari, logistika, sanoat, turizm, qişloq xöjaligi, kimyo va farmatsevtika kabi sohalardagi yirik kompaniyalarini Özbekistondagi istiqbolli loyihalarga jalb etiş imkoniyatlari körib çiqildi.

Muloqot davomida joriy yilda rejalaştirilgan qöşma tadbirlar va taşriflarni yuqori darajada taşkil etişning muhimligi ta’kidlandi. Xususan, ikki mamlakat taşqi siyosat idoralari rahbarlarining özaro taşriflarini taşkil etişga alohida e’tibor qaratildi.

Özbekistonning Bahraynga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Nodir Turğunov joriy yilning aprel oyida uşbu mamlakat taşqi işlar vaziri Abdulatif bin Roşid az-Zayoniyga işonç yorliqlari nusxalarini onlayn tarzda topşirgan edi.

Nodir Turğunov 2024 yil mart oyida Özbekistonning Saudiya Arabistoni elçisi sifatida iş boşlagan. Şuningdek, u 2024 yil noyabr oyida Özbekistonning Islom hamkorlik taşkilotidagi doimiy vakili sifatida akkreditatsiyadan ötgan.