Toşkent şahrida quriliş qilayotgan tadbirkorlarga daraxt kesişga çeklov qöyiş notöğri, dedi tadbirkor Murod Nazarov 17 iyul kuni quriliş sohasiga bağişlangan yiğilişda. Uning sözlariga köra, tadbirkorlar quriliş jarayoniga xalal bergani uçun ayrim daraxtlarni kesişga majbur bölmoqda.
«Mana, xudo xohlasa, kutyapmiz: Toşkent şahrining boş rejasi korreksiya bölyapti. Xudo xohlasa, yaqinda çiqib qoladi. Endi, bundan buyon poytaxtda qurilişlar yo renovatsiya, yo rekonstruksiya hududlarida böladi. Tabiiyki, böş joy yöq. Har bir bino atrofida daraxt bor. Daraxtlarni öylamasdan kesib taşlaşgani uçun katta rezonansga olib kelib, moratoriy qöyilgandi. Lekin tan oliş kerak, bu joylarda hatto rekonstruksiya paytida texnikaga daraxtlar xalaqit beradi. Va qandaydir yöllar bilan baribir daraxtlar kesilyapti. Çeklov qöyiş kerak emas, çeklovlar korrupsiyani kuçaytiradi. Imtiyozlarga ham qarşiman», dedi Nazarov.
Tadbirkor mazkur masalaga yeçim sifatida quruvçi kompaniya zimmasiga kesilgan daraxtlar örniga yangilarini ekişni yuklaş kerakligini aytdi.
«Har bir quruvçi kompaniya yoki bölmasa uçinçi şaxs «daraxtlar banki» ustida işlasin. Masalan, biz kelasi yoki undan keyingi yilda taxminan qança quriliş qilişimizni bilamiz. Taxminan neçta daraxt kesilişi mumkinligini ham hisoblaymiz. Oldindan yangi daraxtlarni ekib qöyaylik. Ertaga neçta daraxt kesişga töğri kelsa, diametri, körsatkiçlari belgilab qöyilsin. Kerak bölsa, uçinçi şaxslar bu bilan şuğullansin. Çunki oldindan daraxt ekmagan kompaniya bölsa, daraxtni uçinçi şaxsdan sotib olsin. Natijada daraxt ekişga ham investitsiyadek qaraladi. Masalan, Mirobod tumanida kesadigan bölsak, yangi ekilgan daraxtlarni öşa tuman balansiga (kesilgan daraxt örniga) ötkazib qöyaylik. Çeklov bölgandan köra, şunday mexanizm yarataylik», dedi tadbirkor.
Yiğilişda iştirok etgan Soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev tadbirkorning fikriga qöşimça qilarkan, şunday dedi: «Mirobodda 1000 ta daraxt ekkan quruvçi, masalan boşqa joyda 50 ta daraxt kesişi mumkin böladi».
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov daraxtlarni kesişni qonuniylaştirişga urinişlarga qarşi çiqdi.
«Moratoriy muhokama mavzusi emas. Developer daraxt kesişni qonuniylaştiriş kerak, deyapti. Ekologlar esa developerlar uylarini şahardan taşqarida qursin, deyapti. Nima haqiqat ekanini belgilovçi — bu jamoatçilik. Bugun odamlar şahar markazida qurilişlar emas, yaşil hududlarni köpaytiriş tarafdori», dedi u.












