17 iyul kuni Oliy Rada 39 yoşli Yuliya Sviridenko nomzodini Ukrainaning boş vaziri lavozimiga tasdiqladi. Bir kun oldin Denis Şmigal boşçiligidagi hukumat iste’foga çiqqan edi.

Şu kuniyoq boş vazir Yuliya Sviridenko yangi hukumat tarkibini Oliy Radaga taqdim qildi. 253 nafar deputat uni yoqlab ovoz berdi.

Deputatlar tomonidan quyidagi vazirlar röyxati tasdiqlandi:

- Mixaylo Fyodorov — boş vazirning birinçi örinbosari, raqamli transformatsiya vaziri;

- Oleksiy Kuleba — boş vazirning Ukrainani tiklaş böyiça örinbosari, jamiyat va hududiy rivojlaniş vaziri;

- Taras Kaçka — boş vazirning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi böyiça örinbosari;

- Matvey Bedniy — yoşlar va sport vaziri;

- German Galuşçenko — adliya vaziri;

- Svetlana Grinçuk — Energetika vaziri;

- Natalya Kalmikova — faxriylar işlari böyiça vazir;

- Igor Klimenko — içki işlar vaziri;

- Oksen Lisoviy — ta’lim va fan vaziri;

- Viktor Lyaşko – soğliqni saqlaş vaziri;

- Sergey Marçenko — moliya vaziri;

- Oleksiy Sobolev — iqtisodiyot, atrof-muhit va qişloq xöjaligi vaziri;

- Denis Ulyutin - Ijtimoiy siyosat, oila va birlik vaziri.

Mudofaa vazirligi özgartirildi — unga Strategik sanoat vazirligi funksiyalari berildi; uşbu bekor qilingan bölim boşliği German Smetanin «Ukroboronprom» rahbari böladi.

Prezident Zelenskiy sözlariga köra, yangi hukumatning ustuvor yönalişi qurollarni mustaqil va şeriklar bilan birga işlab çiqarişdir. Prezident hozir Ukraina qurollarining jang maydonidagi uluşi 40 foizni taşkil etişini, biroq bundan ham köproq, 50 foizga yetkaziş zarurligini ta’kidladi.

Ukraina Konstitutsiyasining 114-moddasiga köra, Rada Vazirlar Mahkamasining barça a’zolarini, mudofaa va taşqi işlar vazirlaridan taşqari, boş vazirning tavsiyasiga köra tayinlaydi.