Ma’lum qilinishicha, 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlari xalqaro ilg‘or tajribalarga mos ravishda takomillashtiriladi.
Shu bilan birga, amalda ishlab kelayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun «5+1» dual ta’lim asosida bakalavrlar tayyorlash tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, dual ta’lim amaliyoti nazariy tayyorgarlikni ta’lim muassasasida, amaliy ko‘nikmalarni esa ish joyida o‘zlashtirishga asoslangan bo‘lib, uni tashkil etish tartibi belgilangan me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.











