18 iyul kuni janubiy koreyalik bojxonaçilar Özbekiston Milliy kinologiya markazida 6 boş xizmat itini qabul qilib oldi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi xabar berdi. Qayd qilinişiça, itlar Janubiy Koreyada iqlimga moslaşiş jarayonlari yakuniga yetgaç, xizmatga safarbar qilinadi.
Şu yilning iyun oyida koreyalik mutaxassislar Milliy kinologiya markazi bilan 6 boş xizmat itini xarid qiliş yuzasidan ikki tomonlama şartnoma imzolagan edi. Şartnoma doirasida Toşkent xalqaro aeroporti orqali itlar tegişli veterinariya diagnostika va köriklardan muvaffaqiyatli ötkazilib, xalqaro taşiş uçun zarur bölgan hujjatlari rasmiylaştirilgan holda Janubiy Koreyaga jönatildi.
Şunday qilib, hozirga qadar Milliy kinologiya markazida yetiştirilib, giyohvandlikka qarşi kuraşiş yönalişida tayyorlangan va Janubiy Koreyaga yuborilgan xizmat itlari soni 12 boşga yetdi.
Ta’kidlanişiça, sönggi yillarda Özbekiston va Janubiy Koreya örtasida bojxona xizmatlarining kinologiya sohasidagi hamkorligi amaliy natijalarga boy bölmoqda.
Jumladan, 2023-2024 yillarda Milliy kinologiya markazida tayyorlangan va Janubiy Koreya bojxona xizmatiga yuborilgan 6 boş labrador zotiga mansub xizmat iti bugungi kunda xalqaro aeroport va dengiz portlarida xizmat qilmoqda.









