Azizlar, bilasizmi, biz juda yomon davrda yaşayapmiz. Bir qaraşda inson çinakam zamonaviy hayotga qadam qöygan, davlatlar yaxşiroq yaşaş borasida musobaqalaşayotgandek. Lekin inson idroki örnini sun’iy idrok egallayotgan ultrazamonaviy dunyoda hukmdorlar hamon hukumatni saqlab qoliş uçun jang qilmoqda. Buning nomini hukumat uzurpatsiyasi desak, xato bölmaydi. Quyida Binyamin Netanyahuning bayonotlari misolida dunyoda juda yomon tendensiya avj olayotganiga töxtalamiz.
Isroil «arablar himoyasida»
Közingiz tuşgan bölsa kerak, oxirgi kunlarda Isroil Suriyani zör berib bombalamoqda. Jölaniy boşçilik kuçlar Suriyada Başar Asadni ağdarganidan buyon Isroil doimiy tarzda bu davlatni bombardimon qilib keladi. Oxirgi hujum vaqtida Mudofaa vazirligi binosi nişonga olindi.
Bu jiddiy özgariş, çunki Isroil havo kuçlari odatda Asad armiyasidan qolgan qurol omborlari va boşqa harbiy nişonlarga raketa uçirardi. Bu gal yangi şakllangan, kimsan Tramp körişib legitimligini tasdiqlagan hukumatga tegişli mudofaa vazirligi binosini nişonga olindi. Bu juda jiddiy holat. E’tibor bergan bölsangiz, avvalgi hujumlarni Suriya tomoni nomigagina qoralab qöygandi, lekin bu gal Ahmad aş Şaraa Isroil manziliga keskin gaplar aytib, «kerak bölsa uruşga tayyor ekanini» aytdi.
Binyamin Netanyahu oxirgi çiqişida Suriyaga berilayotgan zarbalardan maqsad u yerdagi druzlarni himoya qiliş ekanini aytdi. «Biz rejani aniqlaştirib oldik: Damaşq janubi – Jölandan Druz toğigaça bölgan yerlar demilitarizatsiya qilinadi. Druz toğida druz döstlarimizni himoya qilamiz», dedi Netanyahu.
Bayonotdagi demilitarizatsiya degan sözga e’tibor bergan bölsangiz kerak. Men demilitarizatsiya degan iddao bilan uruş boşlagan, darvoqe, Netanyahu bilan juda yaxşi kelişadigan, yevropalik bir siyosatçini ham bilaman. Öşa siyosatçi «demilitarizatsiya qilişni istagan» qöşnisi uruş boşlangan vaqtda askarlariga kaska yetkaza olmaydigan holatda edi, uç yil ötib dunyodagi eng zamonaviy qurollar bilan «oğzi-burnigaça qurollandi». Öşa davlat hozir maktab bolalariga dronda tankni portlatişni örgatmoqda. Mana sizga demilitarizatsiya.
Endi Netanyahuning «Suriyani demilitarizatsiya qiliş» da’vosiga qaytsak. Emişki, Isroil göyoki «u yerda yaşaydigan druzlarni himoya qiliş uçun» operatsiya boşlabdi. Druzlar bu – arablarning bir turi, ular e’tiqod jihatdan Suriyadagi boşqa arablardan farq qiladi xolos. Diqqat qiling, Ğazoda 60 mingga yaqin arabni öldirgan Isroil Suriyada «arablarni himoya qiliş uçun» sal boşqaçaroq arablarga hujum qilibdi.










