Xitoy Davlat kengaşi raisi Li Tsyan gidroenergetika sohasidagi eng yirik loyiha qurilişi boşlanganini e’lon qildi. Tibet hududidan oqib ötuvçi Yarlung Tsangpo daryosida beşta kaskadli GES quriladi. Ularning qurilişiga taxminan 167 milliard dollar sarflaş rejalaştirilgan, deb yozdi China Daily.
Stansiyalarni quriş va ularga xizmat körsatiş bilan China Yajiang Group kompaniyasi şuğullanadi. Inşootlar yiliga 300 mlrd kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqaradi. Işlab çiqarilgan elektr energiyasi Tibetni energiya bilan ta’minlaydi, şuningdek, mintaqa taşqarisiga ham yetkazib beriladi.
BBC naşrining ta’kidlaşiça, inşoot hozir dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyasi bölgan Xitoyning «Uç dara» töğonidan uç baravar köproq energiya işlab çiqara oladi.
Xitoyning janubiy Tibetda yangi GES quriş rejalari qöşni mamlakatlar tomonidan bahsli hudud ustidan töliq nazorat örnatiş va yangi iqtisodiy bosim vositalarini qölga kiritişga uriniş sifatida qabul qilinmoqda.
Jumladan, Hindiston va Bangladeş rasmiylari yangi GES qurilişidan xavotir bildirmoqda: inşootlar mahalliy ekologiyaga va Yarlung Tsangpo daryosi holatiga salbiy ta’sir qilişi mumkin. Şuningdek, ularning fikriça, GES suv toşqinlarini keltirib çiqarişi yoki quyi oqimda suv tanqisligiga olib kelişi mumkin.
Ekspertlar, şuningdek, şunçalik tor va çuqur darada damba qurilişi köplab yer qimirlaşlari yuzaga kelişiga olib kelişi mumkinligini taxmin qiladi. Yer qimirlaşi va zilzilalar töğonning özi uçun juda xavfli. Uning vayron bölişi katta falokat va köplab qurbonlarga olib kelişi mumkin.












