Bugun va keyingi kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha kunduz kunlari havo harorati +40...+43 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +44...+45 darajagacha bo‘lgan juda issiq ob-havo saqlanib turadi.

Ish haftasining ikkinchi yarmida ham issiqning sezilardi darajada pasayishi kutilmaydi. Harorat asosan kunduz kunlari +38...+41 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +42...+43 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Harorat asosan kechalari +23...+28 daraja bo‘ladi.

Ushbu kunlarda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 1318 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.

Harorat asosan kechalari +23...+26 daraja, kunduz kunlari 2123 iyulda +40...+42 daraja, 2425 iyulda +38...+40 daraja bo‘ladi.