Dam oliş kunlari Özbekiston hududida asosan kam bulutli, yoğingarçiliksiz ob-havo kutilmoqda. Faqat ayrim toğli hududlarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.

Özgidromet xabariga köra, havo harorati asta-sekin kötarila boşlaydi va yakşanba kuni +36…+39 darajagaça, şimolda, janubda va çöl hududlarida +40…+42 darajagaça yetadi.

Respublika şimolida va çöl hududlarida şamol tezligi 13−18 metr/soniyagaça kuçayişi, ba’zi joylarda çang tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

24 iyul kuni Toşkent, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida toğoldi va toğli hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toşkent şahrida havo kam bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Juma kunduzgi havo harorati +34…+36 daraja, şanba keçasi +21…+23 daraja, kunduzi +35…+37 daraja, yakşanba kuni keçasi +22…+24 daraja, kunduzi +36…+38 daraja böladi. Şamol şarqdan 3−8 metr/soniya tezlikda esadi.