Buyuk Britaniya, Fransiya va yana 20 dan ortiq davlat taşqi işlar vazirlari Isroil hukumatiga Ğazoda öt oçişni töxtatiş talabi bilan murojaat yöllab, Ğazo insonparvarlik jamğarmasi (GHF) orqali insonparvarlik yordami yetkazib beriş tizimini tanqid qildi. Buyuk Britaniya TIV bayonoti BBC naşri tomonidan e’lon qilindi.

«Biz, uşbu murojaatni imzolaganlar, oddiy va şoşilinç xabar bilan töplandik: Ğazodagi uruş zudlik bilan töxtatilişi kerak. Ğazodagi tinç aholining azob-uqubatlari yanada çuqurlaşdi. Isroil hukumatining yordam körsatiş modeli xavfli, u beqarorlikni kuçaytiradi va Ğazo aholisini insoniy qadr-qimmatidan mahrum qiladi. Biz yordamning aniq manzillarga yetkazilişini, suv va oziq-ovqatga bölgan eng oddiy ehtiyojlarini qondirişga uringan tinç aholini, jumladan, bolalarni şafqatsizlarça öldirilişini qoralaymiz. Yordam olişga uringan 800 dan ortiq falastinlik halok bölgani dahşatli», deyiladi bayonotda.

Murojaat mualliflari, şuningdek, 2023 yil 7 oktyabrdan beri HAMAS tomonidan garovga olingan isroilliklarni zudlik bilan ozod qilişni talab etdi. Bundan taşqari, murojaatda Isroilning Ğazoda «humanitar şahar» yaratiş rejalari tanqid qilinib, bu xalqaro huquqning buzilişi deb ataldi va Ğarbiy Sohilda yahudiy aholi punktlari qurilişi falastinliklarga nisbatan zöravonlik bilan birga davom etayotgani qoralandi.

Uşbu bayonotni Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Kanada, Daniya, Estoniya, Finlandiya, Fransiya, Islandiya, Irlandiya, Italiya, Yaponiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Polşa, Portugaliya, Sloveniya, Ispaniya, Şvetsiya, Şveytsariya va Buyuk Britaniya taşqi işlar vazirlari hamda Yevropa Ittifoqining tenglik masalalari böyiça komissari Hoja Lahbib imzolagan.

Avvalroq, BMT ma’lumotlariga köra, 27 maydan 7 iyulgaça Ğazoda insonparvarlik yordamini oliş paytida kamida 798 falastinlik öldirilgani ma’lum bölgan edi. Ulardan 615 nafari AQŞ va Isroil kömagida Ğazo insonparvarlik jamğarmasi (GHF) tomonidan taşkil etilgan punktlar yaqinida, yana 183 nafari humanitar karvonlar, jumladan, BMT kolonnalari yönalişlarida halok bölgan.