Nordik universiteti bu — oddiy universitet emas. Bu – xalqaro ta’lim, grantlar, startaplar, ish va amaliyot imkoniyatlari, dunyo bozoriga tayyorlab chiqaruvchi zamonaviy ta’lim ekotizimi.

Yevropa va AQShdagi universitetlar bilan akademik aloqalarga ega bo‘lgan Xalqaro Nordik Universiteti O‘zbekistonda xalqaro ta’limning yangi avlodini yaratmoqda.

Nima uchun abituriyentlar Nordikni tanlamoqda?

Bugungi kunda Nordik universitetida 6,5 ming nafardan ziyod talabalar ta’lim olishmoqda. Universitet talabalarga yaratib berayotgan asosiy imkoniyatlar quyidagilar:

Work & Travel – orzu emas, haqiqat!

Nordik universiteti – O‘zbekistonda o‘qib, Yevropada ishlash imkoniyatini real taklif qilayotgan kam sonli universitetlardan biri. Universitet talabalari yozda Yevropaga ketib 3 ming dollardan 6-7 ming dollargacha Yevropada daromad qilib kelishmoqda va sayohat ham qilishmoqda.

Global imkoniyatlar!

Nordik talabalari o‘qishning bir qismini O‘zbekistonda, qolgan qismini Finlandiya, Koreya, AQSh yoki Italiyada o‘tab, ikki diplom olmoqda – bu kelajak uchun global imkoniyatdir.

Zamonaviy kampuslar — kelajak maskani!

Toshkent markazida joylashgan 3 ta kampus — zamonaviy o‘quv jarayoni, kuchli infratuzilma va qulayliklar demakdir.

20+ yo‘nalish – Sizga mos ta’lim bor!

Moliya, IT, biznes, turizm, jurnalistika... o‘zingizga mos sohani tanlang va uni zamonaviy uslubda o‘rganing!