Şifokor bemorning çap oyoğini kesiş örniga öng oyoğini son sohasidan kesib taşlagan. Söngra uning çap oyoğini ham kesgan. Bemor soğlom tana a’zosi kesib taşlanişi oqibatida hamda bir vaqtning özida ikki oğir turdagi jarrohlik amaliyotini kötara olmay vafot etgan.

Farğonada adaşib bemorning soğlom oyoğini kesgan va uning ölimiga sababçi bölgan şifokor jinoiy jazoga tortildi.

Kun.uz tanişgan sud hujjatida keltirilişiça, şifokor Abdubannop Madolimov Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi Farğona filialining xirurgiya bölimi boşliği lavozimida işlagan.

Bemor Adinaxon Isomitdinova 2024 yil 18 oktyabrda farzandlari tomonidan filialga olib kelingan. Unga “qandli diabet ikkinçi turi oğir şakli, dekompensatsiya bosqiçi, Ds neyroişemik şakli, Vanger-4, çap oyoq boldir sohasida amputatsiyadan keyingi holat tizza böğimi maydalanib sinişi” taşxisi qöyilgan.

Abdubannop Madolimov 2024 yil 9 sentabrdan 2024 yil 25 oktyabrga qadar öz hisobidan ta’tilda bölgan. Bu vaqtda bölim mudiri vazifasini vaqtinça bajariş D.Ravşanov zimmasiga yuklatilgan.

Biroq şunday bölişiga qaramay Abdubannop Madolimov 2024 yil 18 oktyabr kuni bölimning vaqtinça mudirini göyoki tajribasiz sifatida körsatgan holda bemor A.Isomitdinovani davolaş hamda jarrohlik amaliyoti ötkaziş işlaridan özboşimçalik bilan çetlatgan. Söngra bemorning hayoti va soğliğini xavf ostiga qöyib, biror-bir tibbiy körsatma bölmagani holda uning “çap oyoq son sohasini amputatsiya qiliş” rejasini işlab çiqqan. Bu rejani tibbiy hujjatlar tarixiga bölimning vaqtinçalik mudiri nomidan rasmiylaştirgan.

Jarrohlik amaliyoti 2024 yil 19 oktyabr kuni Abdubannop Madolimov tomonidan özboşimçalik bilan tanlangan tibbiyot xodimlari va tibbiy sohada mutaxassislikka ega bölmagan talaba iştirokida ötkazilgan. Ammo jarrohlik amaliyoti paytida bemorning biron-bir kasallik asorati bölmagan öng oyoği son sohasidan kesib taşlangan. Şifokorlar keyinçalik ayolning çap son sohasini ham kör-körona amputatsiya qilişgan.

Soğlom tana a’zosi kesib taşlanişi hamda bir vaqtning özida ikki oğir turdagi jarrohlik amaliyotini kötara olmaslik oqibatida bemor 2024 yil 7 noyabr kuni vafot etgan.

Jinoyat işlari böyiça Quva tuman sudining 2025 yil 6 maydagi hukmiga köra Abdubannop Madolimov Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 45-moddasi qöllanib, 3 yil Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida rahbarlik va şifokorlik vazifasida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.