Muloqot chog‘ida hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini, jumladan, O‘zbekiston fuqarolarini dunyoning yetakchi kemachilik kompaniyalarining kruiz kemalarida ishlashga tayyorlash va tashkiliy jo‘natish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xorijiy mutaxassislar tomonidan nomzodlarni tayyorlash hamda O‘zbekistonda mehmondo‘stlik, restoran va servis sohalarida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan qo‘shma o‘quv markazlarini tashkil etish istiqbollari xususida fikr almashildi.

O‘z navbatida, xorijiy tomon O‘zbekiston hukumatining xorijda ish qidirayotgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ilg‘or qadamlarini, shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi tizimli islohotlarni ijobiy baholadi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston fuqarolarini kruiz kompaniyalarida ishlash uchun tashkiliy jo‘natish bo‘yicha "pilot" loyihasini ishga tushirish va rejalashtirilgan tashabbuslarni amalga oshirishning amaliy mexanizmlarini yaratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.