Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Polsha kadrlar tayyorlashni kengaytiradi
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi xodimlari Study in Poland yillik uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbir Perspektywy fondi tomonidan Polsha Fan va oliy ta’lim vazirligi hamda KRASP ko‘magida tashkil etildi.
Uchrashuvda Turkiya va Marokash qatori O‘zbekistonga Polsha oliy o‘quv yurtlarining ustuvor hamkori sifatida alohida e’tibor qaratildi. Perspektywy fondi prezidenti Bianka Sivinska O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
Polsha tomoni hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan ta’lim dasturlarida ishtirok etish, akademik mobillik va viza yordamini kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Uchrashuvda, shuningdek, 2026 yilda Buxoro va Xiva shaharlarida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Polsha rektorlari forumini yuqori darajada tashkil etishning muhimligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
16:09 / 21.06.2026
Kiyev va Varshava o‘rtasida – «ordenlar urushi» ketmoqda
15:13 / 15.06.2026