Kun.uz Farğonada ğözaga kunduzi sepilayotgan zaharli dorilar asalarilarning yoppasiga nobud bölişiga olib kelayotgani haqida yozganidan keyin, Qişloq xöjaligi vazirligi raddiya berişga şoşilgan edi. Lekin ötkazilgan laboratoriya tahlillari vazirlikning iddaolari xato ekani, asalariçilarning noroziligi asosli ekanini tasdiqladi.

Kun.uz vodiy viloyatlarida ğözaga kuçli kimyoviy dorilarning ayni kunduz kuni betartib sepilişi oqibatida asalarilarning qirilib ketgani, buning ortidan asalariçilar daromadsiz qolgani haqida maqola e’lon qilgandi.

Maqolaning ertasiga, 16 iyul kuni Qişloq xöjaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirib, asalarilarning kimyoviy dorilar sabab qirilib ketayotganini rad etdi.

“Tarmoqlarda aytilayotgan “ğözaga kuçli kimyoviy dorilarning ayni kunduz kuni betartib sepilayotgani asalarilarning qirilib ketişiga sabab bölyapti” degan axborotlar ilmiy asossiz va amaliy jihatdan tasdiqlanmagan ma’lumot hisoblandi. Boisi, qişloq xöjaligida qöllaniladigan kimyoviy vositalar mamlakat böyiça yagona tartib va reglamentlar asosida tasdiqlangan preparatlar röyxatiga asosan tanlanadi hamda ulardan foydalaniş qoidalari butun respublika böylab bir xil”, deyiladi QXV bayonotida.

Vazirlik munosabatida, şuningdek, asalarilar ölimi Farğona viloyatining ma’lum bir hududidagina kuzatilayotgani da’vo qilingan. Lekin Kun.uz'ga bunday holat respublikaning boşqa hududlarida ham kuzatilayotgani haqida ma’lumotlar kelib tuşmoqda.

19 iyulda esa, QXV huzuridagi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi öz örganişlari yuzasidan bayonot berib, Farğona va Surxondaryo viloyatlarida asalarilarning ommaviy nobud bölişiga kimyoviy pereparatlarning ta’siri bölişi mumkinligini tasdiqladi (bu haqda batafsilroq maqola söngida yana töxtalamiz).

16 iyul kuni Qişloq xöjaligi vazirligi boşqarma boşliği Muhiddin Sayfiyev boşçiligida işçi guruh Farğonada asalariçilar bilan uçraşuv ötkazdi va şu kuni ölgan asalarilardan laboratoriya uçun namunalar olindi.