Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Şeyxonça mahallasida 2 kişi elektr toki urişi oqibatida halok böldi. Bu haqda tuman prokuraturasi Kun.uz’ga xabar berdi.

Baxtsiz hodisa 19 iyul kuni tunda sodir bölgan. Şeyxonça mahallasidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegişli nonvoyxona işçilari qölbola usulda yasalgan mörining joyini özgartirişga uringan. Ular mörini yuqoriga kötarişga harakat qilgan, şunda möri 3,5 metr balandlikdagi yuqori kuçlanişdagi elektr simiga tegişi oqibatida 4 nafar erkakni tok urgan. Ulardan ikki nafari tan jarohati oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Qolgan ikki nafari tan jarohati olib, şifoxonaga yetkazilgan. Jabrlanganlarning ismi-şarifi tahririyatga ma’lum.

Holat böyiça halok bölgan fuqarolar murdasi sud tibbiy ekspertiza körigidan ötkazilgan hamda şifoxonaga yotqizilganlarga sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Buxoro tumani IIB huzuridagi tergov guruhi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.