Maqola avvalida yozilişiça, joriy yilning iyun oyida Hamburg universiteti vakillari amaliy safar bilan Özbekistonda böldi va Özbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toşkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti rahbariyati bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazildi.

"Özbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbariyati bilan bölib ötgan muzokaralarda Hamburg universitetining pedagogika fakulteti bilan akademik almaşinuvlar töğrisida bitim imzolaş va özaro manfaatli yönalişlarda hamkorlik qiliş masalalari muhokama qilindi, – deyilgan naşrda. – Hamkorlik doirasida pedagogika yönalişda tahsil oladigan nemis talabalari uçun Özbekiston oliy ta’lim muassasalarida amaliyot ötaş hamda talabalar va professor-öqituvçilar örtasida özaro akademik almaşinuvlar yölga qöyiladi".

Naşrda, şuningdek, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toşkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti Hamburg universitetining "Öqituvçilar tayyorlaşda ijtimoiy va madaniy xilma-xillik" (Diversity Contexs in Teacher Education) dasturiga yangi hamkor universitet sifatida qabul qilingani haqidagi ma’lumot öquvçilar e’tiboriga taqdim qilingan.

Qayd etilişiça, mazkur dastur pedagogika yönalişida ta’lim olayotgan bakalavr bosqiçi talabalariga xorijdagi oliy öquv yurtlarida amaliyot ötaş, boşqa davlatlarning ta’lim tizimi bilan yaqindan tanişiş va bölajak öqituvçi sifatida xalqaro tajriba orttiriş imkoniyatini beradi.

"2026 yildan boşlab Hamburg universitetining pedagogika yönalişidagi talabalari Özbekistondagi hamkor universitetlarda tört-olti hafta davomida amaliyot ötaydi", – deya urğulangan manbada.

Maqolada, şuningdek, Hamburg universiteti vakillari safar davomida nemis tili çuqur örgatiladigan Toşkent şahridagi 60- va 112-sonli maktablar faoliyati bilan tanişgani xabar qilingan.