Tomonlar mamlakatlar xalqlari örtasida döstlik va amaliy hamkorlik riştalarini mustahkamlaşga xizmat qiladigan ilm-fan, ta’lim, yoşlar siyosati, soğliqni saqlaş va sport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirişga oid masalalarni muhokama qildi.

Xususan, ta’lim muassasalari örtasida akademik va ilmiy aloqalarni çuqurlaştiriş, talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvlarini faollaştiriş, yoşlar forumlari va sport musobaqalarini taşkil etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, muloqot çoğida tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi aloqalarning bugungi holati körib çiqildi. Özbekiston va Turkmaniston tibbiyot muassasalari örtasida ilmiy va amaliy aloqalarni kengaytiriş, şifokorlarning özaro tajriba almaşinuvini yölga qöyiş, ikki mamlakatda dori vositalari va tibbiyot jihozlarini işlab çiqarişga möljallangan qöşma korxonalar taşkil etiş imkoniyatlari xususida fikr almaşildi.