Boş prokuratura huzuridagi departamentning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi, DXX va bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.

Unda, Yakkaboğ tumani Xiyobon mahallasida yaşovçi fuqaroning xonadoni közdan keçirilganda, uşbu xonadonda yaşirin sex taşkil qilib, kelib çiqişi noma’lum va sifati kafolatlanmagan dori vositalariga qalbaki etiketkalar yopiştirib, kelgusida dorixonalarga ötkaziş maqsadida saqlab kelinayotgani aniqlanib, yaşirin sexdan umumiy bahosi 709 mln sömlik 4 turdagi jami 2 391 dona dori vositalari, har xil turdagi dori qutilari va qalbaki yorliqlar aşyoviy dalil sifatida olingan.
  
Xonadonda, turli kimyoviy moddalardan tayyorlanayotgan, biror tekşiruv va litsenziyadan ötmagan “dorilar” qalbaki tarzda tayyorlanib kelgusida sotuvga çiqariş uçun hozirlab qöyilgan. 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom etmoqda.