Xitoyning TSC-Hk-Investment kompaniyasi Çilonzor tumanida 340 mln dollarlik turar joy majmuasi va biznes markazi qurişni rejalaştirmoqda, deya xabar berdi tuman hokimligi matbuot xizmati.
22 iyul kuni Çilonzor hokimligida poytaxt tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça uç yillik dasturni işlab çiqişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Tuman hokimi Saidqahhor Xolxöjayev Turkiyaning Policy Analytics Lab va Helezon kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar olib bordi. Xorijiy delegatsiya a’zolari tumanni rivojlantiriş dasturi böyiça öz takliflarini bildirdi.
Taqdimotda TSC-Hk-Investment kompaniyasining 340 mln dollarlik qiymatidagi turar joy majmuasi va biznes markazini quriş loyihasi körsatib ötildi. Uşbu loyiha Bunyodkor köçasida joylaşadi, inşootlarning umumiy maydoni 357 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Loyihani amalga oşiriş natijasida 1000 ta yangi iş örni yaratiladi.

Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga köra, TSC-Hk-Investment 2019 yil iyun oyida röyxatga olingan. Ustav kapitali 278,4 mlrd söm. Kompaniya turar joy binolari qurilişi bilan şuğullanadi. Uluşdorlari WDF International Limited (90 foiz) va Wonderful International Group Limited (10 foiz). Korxona rahbari sifatida Şu Çun Tsian körsatilgan.












