Emin Agalarov özidan özi kelib, Çorvoqda kurort quraman deyayotgani yöq, u Özbekistonga taklif etilyapti, dedi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov matbuot anjumanida. U investor tomonidan loyiha hali rasman taqdim etilmagani, taqdim etilgaç, jamoatçilik muhokamasiga qöyilişini aytdi. Matbuot anjumanidan Kun.uz videoreportaji.

23 iyul kuni Toşkentda Böstonliq tumanidagi Çorvoq suv ombori böyida ozarboyjonlik tadbirkor Emin Agalarovning loyihasi asosida kurort şahar qurilişiga oid matbuot anjumani bölib ötdi.

Anjumanning kiriş qismida ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov investor tomonidan hali loyiha körib çiqiş uçun rasman kiritilmagani, tegişli hujjatlar taqdim etilgaç, vazirlik loyihani jamoatçilik muhokamasiga qöyişini aytdi.

Aziz Abduhakimov, ekologiya vaziri:

— Oçiğini aytganda, hozir bizga [loyiha tafsilotlari haqida] oğzaki ravişda, norasmiy aytilyapti. Şuning uçun biz iltimos qildik: hujjat olib kelsin. Hujjat bölganidan keyin, biz ham, Quriliş vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi, tegişli inspeksiyalar, ekologik ekspertiza markazi, hamma tegişli vazirlik-idoralar özining e’tirozlari yoki takliflarini bildira oladi.

Hozir hali hujjati yöq, biz esa (ekofaollar nazarda tutilmoqda – tahr.) “yöq, bölmasin” deb turibmiz. Oldin hujjati kelsin... Bir narsaga yöq deyişdan oldin şu narsa paydo bölişi kerak. Hali bizda taklif ham, hujjat ham yöq, biz esa yöq deyapmiz.

Loyiha bizga kelganidan keyin, uni albatta jamoat muhokamasiga qöyamiz. Hamma körsin şuni. Uni bekitib, keçasi qöl qöyib çiqarib yuboradigan odam yöq respublikada.

U kişi (Emin Agalarov nazarda tutilmoqda – tahr.) ham respublikaga taklif etilgan developer. U özidan özi kelib: “Mana, men şu Çorvoqda quraman” deyayotgani yöq. Aksinça, tajribali bölgani uçun, ekologik standartlarga javob beradigan qurilişlarni qilgani uçun ham Özbekistonga taklif etilyapti. Bölmasa, özida juda unaqa katta xohişi yöq, uning [Çorvoqdan boşqa] mingta taklifi bor: uni hozir Qirğiziston, ham çaqirişyapti, Qozoğistonda ham unga takliflar bor, mana Turkiyada juda katta loyihalarni amalga oşiryapti, Çernogoriyaga ham borib qilaman deyapti...

Men aytmoqçi bölganim, biz yöq deyişdan oldin... Avval taklifini bersin, köraylik özi nima taklif qilayotganini. Hali körmasdan, yöq deyişimiz, menimça, aqlga töğri kelmaydigan narsa. Şuning uçun, kelinglar, oldin köraylik.