Xitoyning Shanghai LinkWise Data Intelligence Co kompaniyasi Özbekistonda ikkita data markaz qurişni körib çiqmoqda. 

Xitoy kompaniyasi delegatsiyasini energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov qabul qildi. Tomonlar Buxoro viloyatida 300 MVt quvvatga ega ma’lumotlar markazini quriş loyihasini amalga oşiriş böyiça memorandum imzoladi.

Surxondaryo viloyatida ham şunday quvvatga ega yana bir data markaz qurilişi rejalaştirilgan.

Uçraşuv davomida tomonlar Özbekiston energetika sohasida Xitoy kompaniyalari tomonidan amalga oşirilayotgan loyihalar, şuningdek, ularning kelgusi istiqbollarini muhokama qildi.

Tomonlar imzolangan memorandum doirasida loyihani amalga oşiriş uçun barça zarur işlarni tezlaştirişga kelişib oldi.