2025/2026 öquv yili uçun davlat oliy ta’lim muassasalari qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Yangi öquv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat böyiça uçta ta’lim şakli uçun örin ajratiladi. Jumladan, kunduzgi ta’lim şaklida jami 148 400 talaba öqiş imkoniyatiga ega böladi.
Şundan ta’lim tili böyiça örinlar quyidagiça taqsimlangan:
- Özbek tili — 124 339 ta;
- Rus tili — 19 125 ta;
- Qoraqalpoq tili — 4 121 ta;
- Qozoq tili — 375 ta;
- Tojik tili — 305 ta;
- Qirğiz tili — 75 ta;
- Turkman tili — 65 ta.
Bakalavriatning keçki ta’lim şakli uçun 28 732 ta örin ajratildi. Şundan ta’lim tili kesimidagi taqsimot quyidagiça:
- Özbek tili — 25 563 ta;
- Rus tili — 2 477 ta;
- Qoraqalpoq tili — 437 ta.
Bakalavriat yönalişining masofaviy ta’lim şakli uçun 18 195 ta örin ajratildi. Şundan ta’lim tili kesimidagi taqsimot quyidagiça:
- Özbek tili - 16 000 ta;
- Rus tili - 1 780 ta;
- Qoraqalpoq tili - 415 ta.
Yangi öquv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasi kunduzgi ta’lim şakli uçun 20 210 ta kvota ajratildi. Şundan ta’lim tili kesimidagi taqsimot quyidagiça:
- Özbek tili – 17 263 ta;
- Rus tili – 2 947 ta.
Magistraturaning keçki ta’lim şakli uçun 1 319 ta örin ajratildi: özbek tilida 1 107, rusçada 138, qoraqalpoq tilida 74 ta.
Magistraturaning masofaviy ta’lim şaklida 420 örin: 352 tasi özbek, 53 tasi rus, 15 tasi qoraqalpoq.












