Tailand va Kambodja çegarasida ikkinçi kundirki artilleriya va aviatsiyadan foydalangan holda janglar davom etmoqda. Halok bölganlar va yaradorlar soni – ham harbiylar, ham tinç aholi vakillari qöşib hisoblanganda yuzdan oşiqqa baholanmoqda. Tailandda 100 mingdan ortiq, Kambodjada 40 mingga yaqin odam çegara hududlaridagi uylaridan evakuatsiya qilingan.

Janglar Janubi-Şarqiy Osiyoning qoq markazidagi Dangrek toğlarida ikki davlat örtasidagi bahsli çegara böylab keçmoqda.

Mojaroning hozirgi bosqiçi 23 iyul kuni Tailand askari Kambodja tomonidan örnatilgan minani bosib olib portlab ketişi va oyoğidan ayrilişi bilan boşlandi. Öşa kuni Tailand Pnompendagi elçisini çaqirib oldi va Kambodja elçisini Bangkokdan çiqarib yubordi.

24 iyul tongida çegarada otişma röy berdi. Tailand tomoni versiyasiga köra, kambodjalik askarlar otryadi mamlakat hududiga bostirib kirişga uringan – va öt oçiş bilan qarşi olingan. Kambodja versiyasiga köra, dastlab tailandlik askarlar hujum qilgan. Kambodja «Grad» baravar öt oçiş reaktiv tizimlaridan öt oçgan — Tailand tomoniga köra, snaryadlar aholi yaşaş joylariga kelib tuşgan. Tailand bunga javoban nafaqat artilleriyani işga soldi, balki harbiy aviatsiya samolyotlarini ham havoga kötardi. Ikki tomon bir-birini tajovuzkorlik, provokatsiya hamda fuqarolik obektlariga ham hujum uyuştiriş orqali harbiy jinoyatlar sodir etişda ayblamoqda.

Mojaro hali ham çegaraviy bölib qolmoqda, ammo uning tölaqonli uruşga aylaniş xavfi juda yuqori.

Tailand va Kambodja örtasidagi mojaroga 100 yildan oşdi. U XX asr boşlarida fransuz hind-xitoy mustamlakasi (hozirgi Kambodja, Laos va Vetnam) va Siam qirolligi (hozirgi Tailand) örtasidagi çegarani belgilaydigan xaritalardagi tafovutlar tufayli paydo bölgan. Bahsli hududda Dangrek toğlaridagi bir neçta qadimiy hind ibodatxonalari, jumladan, IX asrda asos solingan Preaxvixea joylaşgan. Bu ibodatxona mojaroning ramziy markaziga aylandi.

1962 yilda Haaga xalqaro sudi ibodatxonaning özini Kambodjaga hukm qildi, ammo uning atrofidagi hudud bahsli bölib qoldi. 2008 yilda Preaxvixea Kambodjaning arizasiga binoan YuNeSKOning Jahon merosi röyxatiga kiritilgan. Tailandda buni provokatsiya sifatida qabul qilişdi.

2008 yil yozida ikkala tomon ham ibodatxona atrofida qöşin töplay boşladi. Iyul oyida birinçi qurolli töqnaşuv yuz berdi, natijada bir neça askar halok böldi. Keyingi yillar davomida ikkala davlat ham öz pozitsiyalarini mustahkamladi, harbiy lagerlar qurdi va hududni minalaştirdi. Otişmalar muntazam ravişda bölib turgan, ba’zan harbiylar va tinç aholi orasida qurbonlar kuzatilgan.