Kambodja va Tailand bir-birini bir kun avval AQŞ prezidenti Donald Tramp har ikki tomonni tinçlikka çaqirganidan söng ham çegara hududlarida artilleriya hujumlarini davom ettirişda aybladi.
Kambodja bir kun avval Donald Trampning «zudlik bilan va sözsiz öt oçişni töxtatiş» taklifiga rozi ekanini «aniq körsatdi», deb yozdi mamlakat boş vaziri Xun Manet.
Tailandda Trampdan minnatdor ekanliklarini, ammo aralaşuvni istamasliklarini aytişdi. «Bizning şartimiz şundan iboratki, biz uçinçi davlatning iştirokini istamaymiz, biroq uning [Trampning] e’tibori uçun minnatdormiz», degan jurnalistlarga Tailand boş vaziri vazifasini bajaruvçi Pxumtxam Veçayçay.
Tinçlikka çaqiriqlarga qaramay, 27 iyul kuni ertalab ikki davlat çegarasida töqnaşuvlar davom etdi. Kambodja mudofaa vazirligi Tailand harbiylari çegara böylab öqqa tutiş va quruqlikdagi operatsiyalarni boşlaganini ma’lum qildi. Tailand armiyasining xabar berişiça, Kambodja kuçlari Surin provinsiyasini, jumladan, turar joy binolari hududini oğir artilleriyadan öqqa tutgan. Şuningdek, Kambodja bahsli hududdagi Ta Muen Tom ibodatxonasiga raketa zarbalari berdi, deya ma’lum qildi Tailand harbiylari. Tailandning Kambodja bilan çegaradoş Sisaket provinsiyasida Reuters jurnalistlari otişma ovozlarini eşitgan, biroq çegaraning qaysi tomonida ekanini aniqlay olmagan.
Tailand Taşqi işlar vazirligi «Kambodja yaxşi niyatning butunlay yöqligini namoyiş etar ekan, inson huquqlari va gumanitar huquqning asosiy tamoyillarini buzayotgan ekan, harbiy harakatlarni töxtatişga erişib bölmasligi»ni ta’kidladi. Kambodja mudofaa vazirligi, öz navbatida, mojaroning avj olişi va tinçlik sa’y-harakatlariga putur yetkazişda Tailand qöşinlarini aybladi.
26 iyul kuni Donald Tramp Kambodja boş vaziri va Tailand boş vaziri vazifasini bajaruvçi bilan telefon orqali muloqot qilgani va «har ikki tomon zudlik bilan öt oçişni töxtatiş va tinçlikka erişişga intilayotgani»ni ma’lum qilgandi. Uning qöşimça qilişiça, ikkala davlat ham AQŞ bilan savdo böyiça «muzokaralar stoliga qaytişga intilmoqda», bu esa harbiy harakatlar davom etayotgan bir paytda imkonsiz.
Tailand va Kambodja çegarasida artilleriya va aviatsiya iştirokidagi töqnaşuvlar 24 iyul kuni – rasmiy Bangkokning ta’kidlaşiça, kambodjaliklar tomonidan qöyilgan minalar portlaşi oqibatida ikki nafar tailandlik askar halok bölganidan bir neça kun ötib boşlandi. Harbiy harakatlar oqibatida kamida 30 kişi, jumladan, Tailandda 13 nafar, Kambodjada sakkiz nafar tinç aholi halok böldi. Çegara hududlaridan 200 mingdan ortiq kişi evakuatsiya qilindi.












