28 iyul kuni Tailand va Kambodja rahbarlari Malayziyada, boş vazir Anvar Ibrohim mezbonligida — uçraşuv ötkazdi. Uçraşuvda tomonlar harbiy harakatlarni töxtatiş va bevosita muloqotni tiklaşga kelişib oldi.

Reuters naşriga köra, Kambodja va Tailand yetakçilari sönggi ön yillikdagi yirik qonli töqnaşuvni yakunlaş maqsadida, yarim tun (soat 00:00) dan boşlab kuçga kiradigan öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişdi.

«Bugun yarim tungi soatdan boşlab kuçga kiradigan, zudlik bilan va heç qanday şarsiz öt oçişni töxtatiş e’lon qilinadi. Bu — yakuniy qaror», dedi Malaziya boş vaziri Anvar Ibrohim Tailand va Kambodja yetakçilari bilan birga ötkazilgan matbuot anjumanida.

«Bugun juda yaxşi uçraşuv ötkazdik va yaxşi natijalarga erişdik... Bu muzokaralar insonlar halok bölişiga, jarohatlar va köplab odamlarning köçirilişiga sabab bölgan uruşni darhol töxtatadi degan umiddamiz», degan Kambodja boş vaziri Xun Manet. U, şuningdek, Prezident Tramp va Xitoyga jarayondagi yordami uçun minnatdorlik bildirdi.

Foto: Reuters

Tailand muvaqqat Boş vaziri Phumtam Veçayaçay, muzokaralar arafasida Kambodjaning samimiyligiga şubha bildirgandi. Lekin, u keyinroq «Tailand sulhga rozi böldi va bu sulh har ikki tomon tomonidan yaxşi niyat bilan muvaffaqiyatli amalga oşirilişi»ni ta’kidladi.

Janubi-Şarqiy Osiyodagi qöşni davlatlar bir-birini ötgan haftada boşlangan töqnaşuvni boşlaganlikda ayblamoqda. Mojaro oğir artilleriya zarbalari va Tailand havo hujumlari bilan 817 kilometrlik (508 mil) quruqlikdagi çegara böylab kuçaygan. Qurbonlar soni 30 kişidan oşdi, şulardan 20 nafardan ortiği tinç aholi ekani aytilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 200 000 dan ortiq odam çegara hududlaridan evakuatsiya qilingan.

Anvar Ibrohim payşanba kuni uzoq davom etgan çegara nizosi qurolli mojaroga aylangaç, darhol sulh muzokaralarini taklif qilgan edi. Xitoy va AQŞ ham muzokaralarda vositaçilik qilişga tayyorligini bildirgan.