Isroil HAMASni Eronning proksi guruhlaridan biri deb biladi. Tehron Ğazodagi guruhni ham harbiy, ham moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaşini ikkala tomon ham oçiq e’tirof etadi. Lekin HAMASning Eronga boğliqligi yoki undan mustaqilligi qay darajada? “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar Kamoliddin Rabbimov va Zokir Usmonov şu haqda söz yuritdi.
— Ğazo mojarosida Eronning roli qançalik mavjud, HAMASni Tehronning proksi guruhi deb ataş asoslimi?
Kamoliddin Rabbimov: HAMASni tölaqonli Eronning proksi guruhi deb ayta olmayman. Birinçidan, HAMAS bu sunniy guruh, ikkinçidan Eron bilan aloqalari yaxşi, lekin tölaqonli Eronning loyihasi emas. Faqatgina ularning duşmani bir – Isroil.
Isroil HAMASni terroristik guruh deydi, lekin 1947-48 yildan beri hududda muttasil falastinliklarni öldirib, terror degan atamaga mos harakatlar qilayotgan kuç bu – Isroil. Xalqaro huquqni eng köp buzgan davlat – Isroil. BMT Boş assambleyasining köplab rezolyutsiyalaridan birortasiga amal qilmaydi, öz siyosatini davom ettiraveradi, çunki BMT Xavfsizlik kengaşida Amerika bor. Şu vaqtgaça BMT XKda AQŞ qöllagan vetolarning 80 foizi Isroilni himoya qiliş bilan boğliq.
Bir vaqtlar, ya’ni 1960-70 yillarda Falastindagi ozodlik uçun kuraşgan guruhlar terroristik usullardan foydalanar edi. SSSR davrida arab millatçiligi va sotsializm qorişib ketdi: Isroilga qarşi terrorizmning birinçi tölqini marksist, sotsialist va dunyoviy arablar tomonidan amalga oşirilgan. Lekin 1970-yillardan boşlab, Islom dini qarşilik körsatiş mafkurasi sifatida talqin qilina boşladi va diniy ekstremizm, diniy terrorizm paydo böldi. Buni inkor qilib bölmaydi.
Lekin keyingi ön yilliklardagi öyin qoidasiga köra, HAMASga homiylik qiluvçi kuçlar terror usulidan foydalanmaslikni talab qilyapti. Çunki bu qarşilik harakatiga muvaffaqiyat keltirmaydi, axir Isroil – texnologik jihatdan qudratli davlat.
HAMASga qaysi davlatning ta’siri köproq deydigan bölsak, birinçi örinda Qatar turadi. Ikkinçi örinda balki Turkiya turar. Eron uçinçi örinda turişi mumkin.
Zokir Usmonov: Ma’lumotlarga köra, HAMASning 70 foiz moliyasi Eron tomonidan yetkaziladi. Şuning uçun ham juda köplab arab davlatlari HAMASni qöllamaydi.
Eron ham Isroilga qarşi, ham arab davlatlariga öz ğoyalari va ta’sirini yoyiş maqsadida proksi kuçlardan foydalanib keldi. Arab davlatlari esa Erondan xatar kutgani uçun AQŞ bazalarini joylaştirgan.











