Taqdimotdagi taklifga köra, Qurolli Kuçlar akademiyasi isloh qilinib, uning negizida Özbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti taşkil etilişi közda tutilmoqda. Mudofaa vazirligining barça harbiy ta’lim muassasalari – 5 ta institut, Serjantlar tayyorlaş oliy maktabi hamda Aviatsiya va uçuvçisiz uçiş apparatlari mutaxassislarini tayyorlaş markazi institut maqomida mazkur universitet tarkibiga ötkaziladi.

Ta’kidlanişiça, bu markazlaşgan vertikal tizimni hosil qilib, qöşinlarning jangovar salohiyatini oşiriş, dual ta’limni kengaytiriş, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etişga xizmat qiladi.

Serjantlar tayyorlaş oliy maktabida armiyaning asosiy tayançi bölgan serjantlarni öqitiş, ularda yetakçilik qobiliyatini şakllantiriş, zamonaviy qurollar va yangi taktik usullar böyiça könikmalarini oşirişning yangi tizimi joriy etiladi.

Yangiliklardan yana biri – tor doiradagi ixtisosliklar böyiça «2+2» tartibi yölga qöyilişidir. Ya’ni, psixolog, aloqaçi, ta’minotçi, omborçi kabi 18 xil yondoş soha mutaxassislari boşqa oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqiç talabalari orasidan saralab olinadi.

Iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida, yangi öquv yilidan boşlab, bitiruvçi bosqiç kursantlari uçun tanlov asosida «Oliy Boş Qömondon» davlat stipendiyasi joriy etiladi. Mazkur stipendiya sohibi bakalavriatni tamomlaganidan söng, 5 yil mobaynida oliy harbiy ta’lim muassasalarining magistraturasiga imtihonlarsiz qabul qilinadi.

Endi oliy harbiy ta’lim muassasalarining 36 ta ta’lim yönalişi bitiruvçilari biryöla ikkita diplom – fuqarolik va harbiy kasbga möljallangan mutaxassislik egasi böladi. Uşbu islohotlarga yaraşa harbiy pedagoglarni saralaş va tanlaşga ham talab kuçayadi. Jumladan, harbiy pedagoglarni yetakçi xorijiy davlatlarda öqitiş tizimi yölga qöyiladi.

Taqdimotda uşbu takliflar ma’qullandi va ularni amaliyotga samarali tatbiq etiş böyiça körsatmalar berildi.